Samarqand shahrida mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik bayrami tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Registon maydoni, A.Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va «Mo‘’jiza» amfiteatri, «Yoshlik» istirohat bog‘i atrofidagi ko‘chalarda vaqtinchalik harakat to‘xtatiladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan quyidagi ko‘chalar yopiladi:
– Registon ko‘chasi, Universitet xiyobonidan G‘ijduvon ko‘chasi tutashmasigacha;
– Dahbet ko‘chasi, Registon ko‘chasi chorrahasidan Imom al-Buxoriy ko‘chasi tutashmasigacha;
– Kulolon ko‘chasi, Registon ko‘chasi chorrahasidan Termiz ko‘chasi tutashmasigacha;
– Bog‘imaydon ko‘chasi, Dahbet ko‘chasi chorrahasidan Qo‘shhovuz ko‘chasi chorrahasigacha;
– A.Jomiy ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha;
– Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Shohrux ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan O.Maxmudov ko‘chasi chorrahasigacha;
– B.Mirzo ko‘chasining O.Maxmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan A.Jomiy ko‘chasi tutashmasigacha;
– A.Temur ko‘chasining Shohrux ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan A.Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha;
– Shohrux ko‘chasining A.Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha;
– Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida Povorot-Vokzal yo‘nalishi bo‘yicha;
– Beruniy ko‘chasidan «Yoshlik» istirohat bog‘iga kiradigan 2 ta tor ko‘chada mustaqillik bayrami tantanalari bo‘lib o‘tadigan vaqtlarda transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi.