Samarqand shahrida sodir etilgan YTHga viloyat YHXB munosabat bildirildi
- 22.10.2019 14:29
- 740
- Jamiyat
Bugun, 22 oktyabr kuni soat 06:30 larda Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi tomonga harakatlanib borayotgan piyoda - Samarqand shahar Narpay ko‘chasida yashovchi, 1947 yilda tug‘ilgan O.G.ni shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.Z. boshqaruvidagi “Spark” rusumli, davlat raqam belgisi 30H 343 QA bo‘lgan avtomashinasida urib yuborgan. YTH hodisasi oqibatida piyoda O.G. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Haydovchi M.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.