Samarqand shahrida zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 12 fevral kuni Samarqand shahri M.Qoshg‘ariy ko‘chasida yashovchi N.G. (ismli ayol)  ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib,  joriy  yilning 10 fevral kuni noma’lum shaxs uy eshigini kalit bilan ochib, 5 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida yashovchi M.Ya. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.