Samarqand shahridagi bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi ma’lum qilindi
"Joriy yil 19 dekabr kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar "L-Afrosiyob" 110 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida hamda "Kimyogar" podstansiyasida 35 kV tarmoqni "L-SS" tarmog‘iga ulash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Ahmad Yassaviy, Do‘kchiyon, Xo‘ja Abdu Darun, Bo‘zi, Navbog‘chiyon, Ko‘l, Bo‘ston, Guliston, Xo‘ja G‘ulom, Bekho mahallalarida, SamDAQI binosi, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji, Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi Madaniyat, Shukrona, Nurli Kelajak, Nurafshon, Darg‘om, Kimyogarlar, Chorbog‘, Mirzoto‘p mahallalarida, Nurafshon konsert zali, Monomarkaz,10-oilaviy poliklinika, (Asab kasalliklari shifoxonasi), tashkilotlar, bog‘chalar, maktablar, suv inshootlari, barcha tadbirkorlik sub’yektlarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi", deya xabar bermoqda "Hududiy elektr tarmoqlari" viloyat filiali.