Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrugida bitiruvchilarga sertifikat va ko‘krak nishoni topshirildi

Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrugida kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda malakasini oshirgan 495 nafar kichik mutaxassislarga sertifikat va ko‘krak nishoni topshirildi.

Shuningdek, 159 nafar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga dastlabki “Kichik serjant” harbiy unvoni berildi.

Tadbirda serjantlar tomonidan harbiy chiqishlar, san’atkorlar tomonidan diltortar taronalar yangradi.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari A.Ikromov, Markaziy harbiy okrugi Qo‘shinlar qo‘mondoni A.Saidov, viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov va boshqalar serjantlarni tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tiladi.