Harbiy xizmatchilar endi jangovor bayroq emas, yurt bayrog‘i oldida qasamyod qiladi
Joriy yilning 5 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan tizimga oid bir qator qoidalarga o‘zgartirilib, qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qabul qiladi. Qayd etish lozimki, bungacha harbiy qasamyod tadbirlari jangovor bayroq oldida o‘tkazilar edi.
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalari boshqa nom bilan, yani Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiruvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlari, deb nomlandi.
Endilikda, oliy ta’lim muassasalaridagi talimning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgust oylarida jalb etiladi.
Harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan ofitserlarga oliy ta’lim muassasasidagi o‘qish hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka muvofiq keladigan lavozimlardagi ish staji, enlikda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Laziz OBLOBERDIYeV,
01404-harbiy qism jangovor tayyorgarlik bo‘linmasi katta ofitseri, kapitan.