Samarqand shahrining serqatnov ko‘chalariga turistik yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi
- 01.03.2019 14:04
- 145
- Sayohat

Joriy yilning 27 fevral kuni Samarqand shahrida xususiy tadbirkor hamda turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida turistik yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi. Ushbu yo‘l ko‘rsatkichlarini dastlabki bosqichda shaharning serqatnov ko‘chalari, xususan, Ibn Sino va Dahbed, Universitet xiyoboni va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasidagi nuqtalarda o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatishdan maqsad - viloyatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun qulaylik yaratishdir. Kelgusida Samarqandning barcha tarixiy obidalari va madaniy markazlari yonida shu kabi belgilarni o‘rnatish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
Teglar:
Turizm
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 2 soat avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim