Samarqand shahrining Xishrav-2 massivida ixtisoslashgan “O‘zbekiston-ShHT” industrial zonasi barpo etiladi
Maxsus sanoat zonasida qiymati 54,7 mlrd. so‘mlik quyidagi yo‘l transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi belgilangan:
- 14 km. kanalizatsiya tarmog‘ini tortish (qiymati 7500 mln. so‘mlik);
- 20 km. avtomobil yo‘llarini qurish (qiymati 22980 mln. so‘mlik);
- 5 km. elektr tarmog‘ini tortish va quvvati 35 mVa. li 2 zanjirli 110 kvli podstansiya qurish (qiymati 20 000 mln. so‘mlik);
- 3 km. gaz tarmog‘i tortish va 3 ta sanoat tuguni qurish (qiymati 4200 mln. so‘mlik).
Bugungi kunda 14 km. kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha respublika byudjetidan 7,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-montaj ishlari boshlangan.
“O‘zbekiston - ShHT” maxsus sanoat zonasida joylashtirish uchun qiymati 26,4 mln. dollar (475 ta yangi ish o‘rni) bo‘lgan 8 ta loyiha takliflari olingan.