Samarqand “Temurbeklar maktabi” Respublikada tengsiz. Endi ular MDH mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellashadi

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika va fizika fanlari olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadada Samarqand “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari birinchi o‘rinni egallab, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari harbiy litseylari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.
2-o‘rin Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”, 3-o‘rin esa Urganch “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilariga nasib etdi.

Dilafruz NEGMATOVA.