“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari harbiy bo‘lishga va’da berdi

Samarqand shahrida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining tantanali va’da berish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Sh.Saidahmadov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Q.Ochilov va boshqalar maktabning birinchi bosqichiga qabul qilingan o‘quvchilarni qutlab, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Vatan himoyachisi, degan sharafli nomga munosib o‘qishlariga omad tiladi.

- Ushbu maktab o‘quvchilari safiga qo‘shilganimdan mamnunman,  - deydi Zafar Xayrullayev. – Bugun o‘zimni o‘quvchi emas, harbiydek his qildim. Bergan va’damni askar qasamyodidek bilib, Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilaman.



To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor Mustanov (foto).