Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi “Temurbeklar maktabi” tugatiladi

2020-2021 o‘quv yilida Samarqand shahridagi “Temurbeklar maktabi”ning tugatilishi haqida Prezidentimizning 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan. 

- Yangi o‘quv yilida maktabimizga o‘quvchilar qabul qilinmadi, - dedi “Temurbeklar maktabi” direktori Sherzod Rashidov. – Muassasada 107 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ular shu yil o‘qishni bitiradi va maktabimiz tugatiladi.

2021 yil yanvar oyidan Mudofaa vazirligi tasarrufida bo‘lgan “Temurbeklar maktabi”da qurilish sohasidagi 16 turdagi kasblar bo‘yicha bir yilda 18-30 yoshgacha bo‘lgan 1 800 nafar ishsiz fuqaroni o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda maktab binosi qayta ta’mirlanmoqda. Hali ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish kurslari ochilgani yo‘q.

Xurshida ERNAZAROVA.