Samarqand tibbiyot muassasalariga 10 ta tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi

Samarqand viloyati hokimligi pandemiya sharoitida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida viloyatdagi tibbiy muassasalarga maxsus jihozlangan 10 ta “Volkswagen” rususidagi maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari sovg‘a qildi.

Jizzax avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan mazkur tez tibbiy yordam avtomobillari uchun mahalliy byudjetdan 3 milliard 600 million so‘m mablag‘i ajratildi.

Ushbu transport vositalari Samarqand shahridagi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bekatlari, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat perinatal markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga berildi.

Joriy yilning o‘zida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan viloyatdagi tibbiyot muassasalar uchun 10 ta “UAZ”, 103 ta “Damas”, 2 ta “Isuzu”, 1 ta mikroavtobus xarid qilindi.