Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov ishtirokida onlayn brifing bo‘lib o‘tdi
Qayd etilganidek, pandemiya sharoitida mamlkatimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand tumanida aholining daromadlarini oshirish, epidemiologik vaziyatning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand tumanida ham 239 kishi jamoat ishlariga jalb qilinib, 180 million so‘m to‘langan. Dala kooperatsiyasi bo‘yicha 98 million so‘m sarflanib, 100 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Tumanda 1820 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 202,9 million so‘m ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan. 1140 ta YaTTlarga oylik 228 million so‘m qat’iy belgilangan hamda ijtimoiy soliqlar hisoblanishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, 37 ta tadbirkorlik sub’yektlariga 1,8 milliard so‘m mahalliy soliqlarni to‘lash muddatlarini kechiktirish imkoniyati berilgan bo‘lsa, 9 505 nafar jismoniy shaxslarning 6,1 milliard so‘mlik soliqlari bo‘yicha deklaratsiya muddati 1 avgustgacha, 79 ming jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash muddati 15 oktyabrgacha uzaytirilmoqda.
2020 yil Investitsiya dasturiga muvofiq, 525,1 milliard so‘mlik qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqilib, bugungacha 292,6 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilgan.