Samarqand tumaniga ham hokim tayinlandi

Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Usmonov Sirojiddin Xayrullayevich nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
S.Usmonov 1979 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Samarqand tumani hokimi vazifasida ishlagan Nosir Mavlonov 10 fevral kuni Prezidentning Samarqandga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazifasidan ozod etilgan edi.