Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2023 yilda 576,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi
- 26.01.2024 17:05
- 27
- O‘zbekiston

Samarqand va Navoiy viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi.
Ushbu elektr stansiyalarda 2023 yilda 576,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning natijasida 174,8 million kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishildi. Atmosferaga 242,3 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Ma’lumot uchun, mazkur hajmdagi elektr energiyasi qariyb 240,4 mingta xonadonning bir yillik iste’molini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2022 yilda 434 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan edi.
Teglar:
fotoelektr stansiyasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat