Samarqandda tadbirkorlar tomonidan 75 MVtli 9 ta kichik foto elektr stansiyalar qurilishi kutilmoqda

Bu ish to‘qqizta tumanda amalga oshiriladi. Xususan, Toyloq tumanida ularning soni 2 ta va har biri 10 MVt quvvatga ega bo‘ladi. Shunday quvvatga (10 MVt) ega foto elektr stansiyalar Samarqand shahri, Toyloq, Payariq, Paxtachi va Urgut tumanlarida ham quriladi.

Jomboy, Nurobod va Past Darg‘om tumanlarida quriladigan foto elektr stansiyalar 5 MVt quvvatga ega bo‘ladi.

Rejalashtirilgan ushbu ob’yektlar tadbirkorlar tomonidan qurib, ishga tushiriladi.

Viloyatda shuningdek, 18 ta kichik va mikro GESlar barpo etilishi ko‘zda tutilyapti. Shundan 7 tasi "O‘zbekgidroenergo" AJ buyurtmachiligida, 11 tasi tadbirkorlar tomonidan quriladi.