Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Farhod shaharchasida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, ularning muammo va takliflarini tinglash, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Samarqand shahridagi Farhod shaharchasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda 50 nafarga yaqin fuqaro salomatligi, tibbiyot sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savol, muammo va takliflari bilan murojaat etdi.
- Mahallamiz markazida joylashgan poliklinika qayta qurilib, kerakli tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi, - deydi shaharchada istiqomat qiluvchi Malika Muhammadiyeva. - Bu biz, farhodliklarga sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bugun sayyor qabulda ishtirok etib, sog‘ligim borasida anchadan buyon o‘ylanib yurgan muammomga yechim topdim. Bu borada boshqarma boshlig‘i tavsiyasi bilan menga ko‘mak beriladigan bo‘ldi.