Samarqand viloyati Kengashining 88-sessiyasi 14 iyulda o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 7 iyulda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgiladi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sakson sakkizinchi sessiyasi 2023 yil 14 iyul kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mintaqaviy vakili D.Husanovning 2022 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborot to‘g‘risida;
- viloyatda “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” va “Yoshlar bandlik dasturlari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i X.To‘xtayevning axboroti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyat mahalliy byudjetining 2022 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning axboroti to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil ikkinchi yarimyilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2023-2024 yillarda sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2023 yil ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha tasdiqlangan rahbar o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- “Faxriy murabbiy” ordeniga nomzodlarni tanlab olish, ularning faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha Samarqand viloyati tanlov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.