Samarqand viloyati Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi boshlandi

Ayni paytda xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Unda quyidagi masalalar muhokama etilishi belgilangan:

- viloyat sudi raisi O.Hayitovning “Viloyat sudining 2021 yilning I choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlari to‘g‘risida”gi axboroti;

- viloyat hokimining iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov, viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 12 martdagi Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 2020 yil yakuni bo‘yicha viloyatlar byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi SQ-249-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti;

- viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning “Mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevaning “Viloyatdagi xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning “Soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- boshqa masalalar.