Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri festivalning “Eng yaxshi rassomlik ishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

5-8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining XII an’anaviy ko‘rik-festivalida viloyat qo‘g‘irchoq teatrining “Quloq, burun, dum” spektakli rassomi Nikolay Sultonov “Eng yaxshi rassomlik ishi” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindorlar safidan joy oldi. Ilk bor onlayn tarzda o‘tkazilgan festivalda nafaqat O‘zbekiston, balki Amerika, Rossiya davlatlaridan soha vakillari spektakllarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Festivalda ishtirok etgan 10 ta qo‘g‘irchoq teatrlarining ijodiy ishlari O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, teatr jamoalari, aktyorlar, ishtirokchilar va talabalar tomonidan muhokama qilindi.

“Yangi davr O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari: kecha, bugun, ertaga” nomli ilmiy-amaliy konferensiyadan so‘ng festivalning an’anaviy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gulmehra ISTAMOVA,

viloyat qo‘g‘irchoq teatri adabiy bo‘lim mudiri.