Samarqand viloyati sudi raisi jamoatchilikka tanishtirildi

Camarqand viloyati hokimligida Prezidentimizning tegishli farmoyishiga ko‘ra Samarqand viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlangan Olim Hayitovni jamoatchilikka tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi Kozimjon Komilov ishtirok etdi.

- Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy yil boshidan sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilangan edi, - dedi K.Komilov. – Shunga ko‘ra, viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, ularning negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi.

Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar negizida tashkil etilgan Samarqand viloyati sudiga sohada ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis rais etib tayinlandi. Ishonamizki, O.Hayitov bor bilimi va mahoratini ishga solib, odil sudlovni inson huquqlarini himoya qiladigan eng ishonchli va chinakam mustaqil organga aylantirishga erishishda samarqandliklarning eng yaqin ko‘makchisi bo‘ladi.

Abdug‘ofir Sherxolov.