Samarqand viloyati YHXBning haydovchi xodimlari test topshirdi

Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ichki ishlar organlarida avtomototransport vositalari biriktirilgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xodimlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining xizmat avtomototransport vositalari biriktirilgan xodimlari bilan malaka oshirish o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o‘quv kurslari, xizmatdan ajralmagan holda, tasdiqlangan o‘quv dasturiga asosan tashkil etilmoqda.

Seminarda YHXB xodimlari o‘quv kursi yakuni bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazildi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.