Samarqand viloyatida 4 yilda 5 ta agrologistika markazi ishga tushirildi

2020 yilda viloyatimizda 245,6 ming tonna meva, 1636,3 ming tonna sabzavot, 626,3 ming tonna kartoshka, 124,3 ming tonna go‘sht, 1313,7 ming tonna sut, 11,6 ming tonna baliq, 1328,2 million dona tuxum yetishtirilgan.

Raqamlarni 2017 yilgi natijalar bilan solishtiradigan bo‘lsak, 74,9 ming tonna meva (43,8 foiz), 140,9 ming tonna sabzavot (18,1 foiz), 13,6 ming tonna kartoshka (21 foiz), 8,4 ming tonna go‘sht (7,5 foiz), 75,6 ming tonna sut (12,1 foiz) 2,3 ming tonna baliq (19,8 foiz), 186,4 million dona tuxum (15 foiz)ga ko‘p mahsulot yetishtirilganligini ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun viloyatda o‘tgan 4 yilda oziq-ovqat yo‘nalishida 455 ta  yangi loyiha ishga tushirildi, ularni amalga oshirish uchun 16,4 trillion so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Natijada 5703 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, 2017-2021 yillarda viloyat bo‘yicha 8366 gektar maydonda intensiv texnologiyalar asosida mevali bog‘, 10882 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.

Chorvachilik yo‘nalishida chet davlatlardan 1561 bosh naslli qoramollar keltirildi.

Baliqchilik yo‘nalishida 88 ta, asalarichilikda 35 ta, parrandachilikda 235 ta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash (muzlatkich) yo‘nalishida 288 ta yangi loyiha amalga oshirildi.

Muhimi, o‘tgan 4 yilda umumiy quvvati 65,5 ming tonnalik, qiymati 231 milliard so‘mlik bo‘lgan 5 ta yangi agrologistika markazi faoliyat boshladi.

Viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi axborot xizmati.