Samarqand viloyatida oilaviy korxonalar soni 7 mingtaga yetdi
Tadbirkorlik sub’yektlari iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oxirgi yillarda Prezidentimizning ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilindi.
Oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini yanada rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va qulayliklar natijasida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar soni yildan-yilga sezilarli ravishda oshib bormoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2020 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, 6 965 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 440 taga yoki 53,9 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 6 589 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 289 taga yoki 53,2 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
2020 yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 2 486 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 434 taga yoki 21,6 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.