Samarqand viloyatida uy joy narxi birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham qimmatlashdi

Ikkilamchi bozorda uy-joy narxi birlamchi bozorga nisbatan tezroq oshmoqda. Uy-joy narxlarida o‘sish tezlashganini rasmiy statistika ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.

Unga ko‘ra, 2021 yilning 4-choragida birlamchi bozorda uy-joy narxlari 6,2 foizga, ikkilamchi bozorda 7,3 foizga qimmatlashgan.

Bunda bir xonali xonadonlar yanada yuqori sur’atda qimmatlashgan - 6,5 foiz.

Hududlar orasida birlamchi bozorda narxlarning eng yuqori o‘sishi Samarqand viloyatida kuzatilgan - 18,2 foiz. 1 xonali xonadonlarning ikkilamchi bozorda ham xaridorligi juda chaqqon ketmoqda. O‘tgan uch oyda 1 xonali uylar 10,4 foizga qimmatlashgan.

Ikkilamchi bozorda eng yuqori darajada uy qimmatlashgan hudud - Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Qoraqalpog‘istonda oxirgi uch oyda uylar narxi 17,3 foizga oshgan.

Bir necha yillik tanaffusdan keyin uy-joyga investitsiyalar bank omonatlaridan ko‘ra foydaliroq bo‘lib qoldi. Oxirgi marta bunday yorqin tendensiya 2003-2005 yillarda kuzatilgandi.