Samarqand viloyatidagi ma’muriy sudlar 2 ming 185 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan

Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan brifingda viloyat ma’muriy sudi raisi B.Diyorov birinchi instansiyada sudlariga ko‘rish uchun 16 ming 885 nafar shaxsga nisbatan 13 ming 281 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar  kelib tushgani haqida ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra, prokuratura organlarining 989 nafar, soliq idoralarining 1591 nafar, ichki ishlar organlarining 11 ming 721 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ishlari ko‘rib chiqilgan.

Hisobot davrida 8 ming 548 ta ma’muriy ishlar bo‘yicha 10 ming 125 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash haqida qaror chiqarilgan. Shundan 6 ming 735 ta ma’muriy ish bo‘yicha 7 ming 871 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi, 1744 ta ma’muriy ish bo‘yicha 2 ming 185 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, 88 ta ish 147 nafar huquqbuzarlar harakatida jinoyat alomatlari bor-yo‘qligiga baho berish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. Yana 129 ta ish bo‘yicha 511 nafar shaxsga nisbatan surishtiruv davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun surishtiruv organiga qaytarilgan. Hisobot davrida 3 ta shaxsga nisbatan ochilgan 3 ta ish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga yuborilgan.

Ishlardan 56 tasi bo‘yicha 78 nafar shaxsning harakatida ma’muriy huquqbuzarlik alomati yo‘qligi bois tugatilib, mazkur ishlar bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzgan mansabdor shaxslarga nisbatan taqdimnoma kiritilgan.

Ma’muriy sudlar tomonidan o‘tgan olti oyda ko‘rilgan ishlari bo‘yicha 8 milliard 365 million 700 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Yoqubjon MARQAYeV.