Samarqanddagi ma’muriy sudlar 2022 yilda shahar, tuman hokimlarining 137 ta qarorini haqiqiy emas, deb topgan

Umuman, o‘tgan yili ma’muriy sudlarda hokimlarning qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq 399 ta ish ko‘rilgan.

Yil davomida hokimliklarga majburiyat yuklash bilan bog‘liq 75 ta ish ko‘rilib, 28 ta tuman (shahar) hokimlarining harakatlari qonunga xilof, deb topilib, majburiyat yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan.

Shuningdek, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdorlarining xatti-harakatlarini qonunga xilof, deb topish bilan bog‘liq 91 ta ish ko‘rilgan. 54 ta ish bo‘yicha mansabdorlarning harakati qonunga xilof, deb topilib, fuqarolarning huquqlari tiklangan.

O‘tgan yili viloyat ma’muriy sudi tomonidan 491 murojaat ko‘rib chiqilgan. Shundan 34 ta murojaat qanoatlantirilgan, 2 tasi rad qilingan, 443 ta murojaat bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan va 12 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.