Samarqand viloyat ma’muriy sudi: yarim yillikda tuman, shahar hokimliklarining 91 ta qarori haqiqiy emas deb topilgan

Viloyat matbuot uyida o‘tkazilgan anjumanda Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, yuqoridagi qarorlarning asosiy qismi fermer va dehqon xo‘jaliklarining yerlarini davlat zaxirasiga qaytarish bilan bog‘liq.

Shuningdek, mazkur davrda 19 ta ish bo‘yicha Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman, shahar bo‘limlari mansabdorlarining harakatlari qonunga xilof deb topilgan va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Tuman, shahar FXDYo bo‘limlari mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) bilan bog‘liq 73 ta ish ko‘rib chiqilib, 60 ta ish bo‘yicha ularga majburiyat yuklangan.