Samarqand viloyatining turizm imkoniyati tahlil qilinmoqda

Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov tomonidan 2019 yil 2 fevral, 14/1-401-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi turizm statistikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi turizmining mintaqaviy statistikasini shakllantirish metodologiyasi ishlab chiqildi.

Ushbu metodologiyaning asosiy maqsadi turizm sohasida o‘z vaqtida va sifatli statistik ma’lumotlarni olishdir. Olingan ma’lumotlar turizmning holatini kompleks tahlil qilish, shuningdek, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini topish imkonini beradi. Bundan tashqari, Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan sayyoh QR kodini skanerlash orqali olishlari mumkin bo‘lgan onlayn so‘rov ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahrining turizm imkoniyatini o‘rganish maqsadida 3 oktyabrdan boshlab Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan turistik ob’yektlarda, shuningdek, kelish va ketish nuqtalariga maxsus stikerlar tarqatildi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti fursatdan foydalanib, shaharning barcha aholisidan ushbu ma’lumotni tarqatishni so‘ragan.

Ushbu onlayn so‘rov ingliz, rus va o‘zbek tillarida amalga oshirilmoqda.