Samarqand vokzalida yo‘lovchi temir yo‘l xodimining telefonini o‘g‘irlagani aniqlandi
- 14.11.2020 20:05
- 123
- Jinoyat va jazo
O‘zbekiston temir yo‘llari xodimi telefonini vokzalda o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yil 29 oktyabrda Samarqand temir yo‘l vokzalida sodir bo‘lgan. Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan, temir yo‘l SPMS xodimi I.A. viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limiga murojaat qilib, «RedMi 6» rusumli qo‘l telefoni yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Ushbu murojaatga asosan IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida shu kunning o‘zida telefon topilgan.
«Urganch — Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdda kelgan, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan yo‘lovchi D.S.ning kiyimlari guvohlar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda I.A.ning yo‘qolgan telefoni topilgan. Telefon daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand