Samarqand xalqaro aeroportida psixotrop dori vositalarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi
- 21.06.2021 11:13
- 68
- Samarqand
Samarqand xalqaro aeroporti orqali xorijga chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro X.S. chegaradan psixotrop dori vositalarini olib o‘tmoqchi bo‘ldi.
Albatta, bojxonachilar bunga yo‘l qo‘yishmadi. Shubhali yuk egasi bilan birga to‘xtatib qolindi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro bojxona nazoratidan o‘tish paytida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlarsiz jami 119 dona “Fenazepam” nomli psixotrop dori vositalarini olib ketmoqchi ekanligi aniqlandi.
Ayni kunda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
psixotrop modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa