Samarqandda 5500 oilaga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi

Yangi yil bayrami oldidan aholining kam ta’minlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat muruvvat yordamlari ko‘rsatilmoqda. Bu mahsulotlar har bir mahallada “temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan 10 tadan oilaga yetkazilishi belgilangan.

Shu paytgacha viloyatimizdagi 5500 dan ziyod oilaga ana shunday saxovat yordamlari ko‘rsatildi.

- O‘tayotgan 2020 yilda og‘ir sinovlarni boshimizdan kechirdik, - deydi jomboylik Fazilat Haydarova. – Ko‘pgina qiyinchiliklar ortda qolib, yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olyapmiz. Mana, Prezidentimiz tashabbusi bilan biz kabi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam ham ko‘tarinkilik bag‘ishladi. O‘ylaymizki, kelayotgan yil barakali bo‘ladi.

Shuningdek, o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari doirasida ziyoratgohlarda qurbonliklar qilinmoqda.

Bu kabi xayriya tadbirlari 31 dekabrgacha davom etadi.

To‘lqin Siddiqov.