“Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”dan dastlabki xabar

Kecha viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirgina yetkazilgan xabarda aytilishicha, saxovatpesha yurtdoshlarimizdan biri S.Usmonov ehtiyojmand yurtdoshlarimiz uchun o‘zining shaxsiy jamg‘armasidan 2 500 000 (ikki yarim million) so‘m mablag‘ ajratibdi.

Shuningdek, “SB Geolog” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi 10 000 000 (o‘n million) so‘m;

Toyloq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

Jomboy bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi 577 000 (besh yuz yetmish yetti ming) so‘m;

Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 950 000 (to‘qqiz yuz ellik ming) so‘m;

Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 1 140 000 (bir million bir yuz qirq ming) so‘m;

“HUDUDGAZ SAMARQAND” mas’uliyati cheklangan jamiyati 10 000 000 (o‘n million) so‘m;

Samarqand viloyati prokuraturasi esa 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m miqdorida homiylik mablag‘i o‘tkazib berishgan.

Ayni paytgacha “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”ga jami 225 667 000 (ikki yuz yigirma besh million olti yuz oltmish yetti ming) so‘m mablag‘ muvofiqlashtirildi.

Yana eslatib o‘tamiz: ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand fuqarolarga yordam berish istagida bo‘lgan ko‘ngilli yurtdoshlarimiz Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 85 “V”–uy, Samarqand olimpiya zaxiralari tayyorlash majmuasida joylashgan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”ga murojaat qilishlari mumkin.

Mo‘ljal: Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishmasi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998-98-888-18-91,
+998-93-357-48-88,
+998-95-410-36-03