Samarqandda 6 oyda avtovashlar orqali 2,1 million dollar sotilgan
Matbuot uyida o‘tgan brifingda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Suvonqulovning ma’lum qilishicha, xalqaro pul o‘tkazmalarini mobil ilovalar orqali olish imkoni yaratilgan, aprel-oktyabr oylarida bu xizmat hajmi 389 ming AQSh dollari ekvivalentini tashkil etgan.
Hozirda viloyatda 86 ta avtomatlashgan ayirboshlash shoxobchasi mavjud va ularning 13 tasida 100 AQSh dollarigacha miqdorda xarid operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Avtovashlar orqali foydalanuvchilar tomonidan aprel-oktyabr oylarida 2,1 million AQSh dollari sotilgan hamda 202 ming AQSh dollari xarid qilingan. Iste’mol bozorini zaruriy tovarlar bilan to‘ldirish uchun mart-avgust oylarida 5 138 ta xususiy korxonalarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 806 milliard so‘m, dori-darmon, tibbiy vositalar va uskunalar savdosi tarmog‘iga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 135 milliard so‘m kreditlar ajratilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi moliyaviy ko‘maklaridan samarali foydalanish maqsadida mart-sentyabr oylarida 2 304 tadbirkorga ajratilgan 1 530 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha 155 milliard so‘m foiz kompensatsiya, 296 ta tadbirkorga ajratilgan 360 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha 168 milliard so‘m kafillik jalb qilindi.
Bitta qarz oluvchiga bir vaqtda ham kafillik ham kompensatsiya berishga qo‘yilgan cheklov bekor qilinishi natijasida 174 tadbirkorlik sub’yektiga ajratilgan 643 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyasi va kafillik jalb qilindi.