Samarqandda ayol rahbarlar soni bittaga ko‘paydi

Xalq banki Jomboy filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib, Nigina Mahmudova Avazjonovna tayinlandi.

N.Mahmudova shu vaqtgacha Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi – Tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish bo‘limi bosh iqtisodchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.