Samarqandda bu hafta qisqa yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘ladi.

18 mayda nam havo massasining Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazmdan sharqqa qarab harakatlanishi respublika markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Respublika qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu haftada havo harorati 25-30 daraja issiq atrofida, ba’zi joylarda 32 daraja issiqqacha bo‘ladi.

18-19 may kunlari tog‘larda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim tog‘li hududlarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.