Samarqandda chiqindini tashib ketish narxi o‘zgardi

Viloyatda qattiq chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lov tariflari o‘zgartirildi. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori e’lon qilindi

Viloyat “Toza hudud” hamda “Maroqand obod” davlat unitar korxonalari, sanitariya jihatdan tozalashga ixtisoslashgan tashkilotlar shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda bir muddat ichida yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, aholi punktlari hududidan qattiq va suyuq chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha marshrutlar jadvallarini o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi. 

Shuningdek, Samarqand shahri va Samarqand tumanida har bir aholi uchun uchun 1 oyga 3400 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun esa 1 tonna chiqindining tashib ketish narxi 130 393 so‘m, 1 m3 uchun 52 367 so‘m qilib belgilandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar va boshqa tumanlar aholisi uchun 2900 so‘m, korxona-tashkilotlar uchun 111 303 so‘m, 1 m3 uchun esa 44700 so‘m qilib belgilandi. Suyuq chiqindini tashib ketish uchun oyiga 50 428 so‘m to‘lov qilish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2021 yil 4 noyabrdagi qarori bilan viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish uchun majburiy to‘lov tariflari ma’qullangan edi.