Samarqandda elektr energiyasidan debitor qarzdorlik 1 trln. 366 mlrd. so‘mga yetgani ma’lum qilindi
Bu haqda Bosh prokuraturaning rasmiy telegram kanalida ma’lum qilinmoqda.
Xabarga ko‘ra, 1 avgust holatiga qarzdorlik 1 iyunga nisbatan 36,9 mlrd. so‘mga kamayishiga erishilgan.
Elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish yuzasidan sudlarga 1 874 ta jami 93,7 mlrd. so‘mlik (shundan prokuratura organlari tomonidan 1 258 ta 74,8 mlrd. so‘m) da’vo arizalari kiritilgan.
Tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha debitor qarzdorlik 1 iyun holatiga 96,8 mlrd. so‘mni (aholi 57,9 mlrd, ulgurji 38,9 mlrd. so‘m) tashkil etgan. 1 avgustda esa 87,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 9,5 mlrd. so‘mga kamayishiga erishilgan.
Ushbu qarzdorliklarni undirish yuzasidan sudlarga 3 288 ta jami 40 mlrd. so‘mlik (shundan prokuratura organlari tomonidan 328 ta 12,8 mlrd. so‘m) da’vo arizalari kiritilgan.
Xabarda bu boradagi ishlar davom ettirilayotgani aytilgan.