Samarqandda yer solig‘i stavkalariga o‘zgartish kiritildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 25 dekabrdagi “Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi VI-52-111-7-0-K/21-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI

Viloyatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, soliq yig‘uvchanligini va mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi (2022 yil 16 fevraldagi 19/10-10610-son) va viloyat moliya bosh boshqarmasining (2022 yil 17 fevraldagi 01/02-38/173-son) xulosalariga asoslanib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasi QAROR QILADI:

1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 25 dekabrdagi “Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi VI-52-111-7-0-K/21-son qarorining 1-ilova (Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022 yilda yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan yer solig‘i stavkalari miqdori) va 2-ilova (Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022 yilda jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan yer solig‘i stavkalar miqdorlari) lari 1 va 2-ilovalarga muvofiq yangi tahrirda bayon etilsin.

2. Xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son farmoniga asosan, mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida qayta belgilash tavsiya etilsin.

3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (A.Anvarov) ushbu qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.O‘roqov) zimmasiga yuklansin.

5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kengash raisi                        E.Turdimov
2022 yil, 12 mart,
№ VI-59-50-7-0-K/22