Samarqandda Favvoralar sayli bo‘lib o‘tyapti
Ayni paytda favvoralar sayli Samarqand shahridagi Amir Temur nomli, Universitet xiyobonlarida, Islom Karimov haykali o‘rnatilgan maydonda, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari o‘rnatilgan hududda, “Shoirlar bog‘i” va Samarqand temir yo‘l vokzali maydonida bo‘lib o‘tmoqda.
Favvoralar atrofi sayilga chiqqan hamyurtlarimiz va mehmonlar bilan gavjum.
Sayil ishtirokchilari favvoralar oldida o‘rnatilgan sahnalarda san’atkorlar chiqishi, turli ko‘rgazma va xalq o‘yinlarini tomosha qilmoqda.
Xuddi shunday sayillar viloyatimizning har bir tuman va shaharlarida o‘tkazilyapti.
Baxtiyor Mustanov.