Samarqandda fuqaro uyidan topib olgan miltiqni IIBga topshirdi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 22 avgust kuni Samarqand shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida ov qurollarini noqonuniy saqlamaslik yuzasidan «Arsenal» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbir doirasida Spitamen shohko‘chasida yashovchi E. o‘zining yashash uyi balkonini ta’mirlayotgan vaqtida devor orasidan oq charmli g‘ilofga solingan, marhum bobosidan qolgan miltiq topib olgan.
Fuqaro bir ko‘zli TOZ rusumli va 14 kalibrli ov miltig‘ini o‘z ixtiyori bilan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.