Viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi kamida 21 tani tashkil etgan
Bu haqda bugun viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan anjumanda fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi vazifasini bajaruvchi Bayramali Norov ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan 7 756 ta sayyor sud majlislari o‘tkazilgan.
Hisobot davrida viloyat sudi sudyasining o‘rtacha oylik ish hajmi birinchi, apellyasiya va kassatsiya instansiyalarini jamlab hisoblaganda 21,5 tani tashkil qilgan. Tumanlararo, tuman va shahar sudi sudyasining esa o‘rtacha oylik hajmi 80,3 tani tashkil etgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi birinchi instansiyasida 184 ta, 2018 yilning mos davriga nisbatan 31 ta ko‘p ishlar tamomlangan.
Ko‘rib chiqilgan ishlarda 134 ta da’vo talablari qanoatlantirilgan, 21 tasi rad qilingan. Shuningdek, 19 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan va 10 ta ish yuritishdan tugatilgan.
Viloyat tumanlararo, tuman va shahar sudlari tomonidan hisobot davrida 15 897 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 14 145 tasi yuzasidan hal qiluv qarori chiqarilgan. Shulardan 11 964 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2 181 ta da’vo rad etilgan, 742 ta fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 505 ta ishlar boshqa sudga yuborilgan.