Samarqandda fuqaroning kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan bank xodimi aniqlandi
- 30.04.2026 14:04
- 146
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat banki mutaxassisi X.T. 50 million so‘m kredit mablag‘i ajratishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro J.Sh.ning ishonchiga kirib, unga 17 million so‘m kredit mablag‘i ajratib berishini aytgan. J.Sh.ning nomiga ochilgan bank plastik kartasiga 50 million so‘m kredit mablag‘ini tushirib, unga bank tomonidan 17 million so‘m kredit mablag‘i ajratilganligini ta’kidlagan. O‘zi esa 33 million so‘mni naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Tekshiruvda 33 million so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jomboylik iqtidorli yoshlar SamDUga taklif etildi
- 2 soat avval
- Ta’lim