Samarqandda harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘ldi

Bugun Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy hamda Samarqand viloyat musiqali drama teatri maydonlarida 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni“ munosabati bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy texnika va qurol-aslahalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Marosimga kelgan aholi, yoshlar viloyatdagi harbiy qismlar tomonidan tashkil etilgan harbiy texnikalar, qurol-aslaha, sport-transport vositalari ko‘rgazmalari hamda harbiy xizmatchilarning safda yurish kabi mashqlaridan bahramand bo‘lishdi. Harbiy karabinchilar  va harbiy qism xizmatchilarining chiqishlari, ramziy dala sharoitidagi oshxona, harbiylar yotoqxona, ko‘chma tibbiyot punktlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.       

 Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni A.Saidov ishtirok etdi.

Abdujabbor PO‘LATOV, Baxtiyor MUSTANOV (foto).