Samarqandda ijtimoiy soha ob’yektlari va turarjoy binolarini isitish mavsumi 26 oktyabrdan boshlandi
Samarqand viloyati hokimining 2019 yil 25 oktyabrda qabul qilingan farmoyishiga ko‘ra, bugundan viloyatimizda ijtimoiy soha ob’yektlari va turarjoy binolarini isitish mavsumi boshlandi.
Mazkur hujjat bilan tuman va shahar hokimliklari, kommunal soha korxonalari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etish, ijtimoiy soha ob’yektlari, aholi uy-joylari, “Issiqlik manbai” korxonasi tizimidagi qozonxonalarga uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz, tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, 2019 yil 1 dekabrga qadar viloyat aholisiga ajratilgan ko‘mir mahsulotlarini to‘liq yetkazib berish belgilandi.
PS: Isitish mavsumi boshlandi. Lekin Samarqand shahri va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning qanchasi issiqlik bilan ta’minlanar ekan? Yoki yana har yilgi va’dami – “tarmoqlar eski, modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, dasturga kiritilgan”. Va’da bilan esa uy-joylarni isitib bo‘lmaydi.