Samarqandda “Isuzu” jiddiy shikastlangan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi

Samarqandda M-37a yo‘lida “Isuzu” rusumidagi yuk avtomashinasi bilan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi”ning viloyatdagi muxbiri Umid Soriyev xabar qiladi:

“Bu yo‘l-transport hodisasi, bugun 28 may kuni M-37a “Samarqand shahar aylanma yo‘li”da sodir bo‘lgan. Voqea joyidan tasodifan o‘taturib, ko‘rgan holatni tasvirga olishga ulgurdik. Siz suratda ko‘rayotgan davlat raqami 80 V 670 OA bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi bo‘lib, uning old salon qismi yukxonagacha kirib ketganligi tasvirlardan aniq namoyon bo‘lmoqda. Yuk mashinasining old tomoni ko‘tarma kran yordamida, evakuator yuk mashinasiga ortilayotganligi ko‘rinib turibdi, deya xabar bermoqda muxbirimiz.

Muxbirimiz, mazkur holat yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun, Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ammo hech kim qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan, deyiladi xabarda.