Samarqandda kredit qarzi uchun xatlangan "Cobalt"da 31 ta jarima ham borligi ma’lum bo‘ldi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro hujjatiga asosan javobgar N.I.dan undiruvchi ATB "Kapitalbank" foydasiga 159 million so‘m kredit qarzini undirish haqidagi ijro hujjati MIBning Samarqand tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Javobgar N.I.ga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan "Cobalt" rusumli avtotransport vositasiga qaratish ijro varaqada ko‘rsatilgan. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga borilganda ushbu transport vositasi yo‘qligi aniqlanib, qidiruv to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan 2023 yilda ishlab chiqarilgan garovda bo‘lgan "Cobalt" avtomashinasini Samarqand shahrida harakatlangan vaqtda to‘xtatilib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, kredit qarzi uchun qidiruvda bo‘lgan mashina uchun 31 ta ma’muriy jarima ham yozilgan.