Samarqandda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatlarni jilovlashning yangi tizimi joriy etilmoqda
Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatlarni jilovlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha Samarqand viloyatida 147 ta mahallalar ajratib olinib, ushbu mahallalarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar natijasida 8266 ta xonadonlar o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida 1356 aniqlangan muammolar bartaraf etildi, 8 oilaning ajrashib ketishi oldi olindi, 602 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi, 2557 nafar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 17 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. 1 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi, 9 ta jinoyat fosh etildi.
Markaziy qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 99 ta xonadonlar, 48 ta ob’yektlar pultga ulandi. Shuningdek, targ‘ibot ishlari natijasida 1786 ta ob’yektlarga videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatlarni jilovlash bo‘yicha xamkorlikda profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.