Samarqandda “Makon Marketing Forum” birinchi milliy biznes forumi o‘tkazildi

Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Makon Marketing Forum  - 2019” birinchi milliy biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning mashhur ekspertlari - “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murodxon Nazarov, “Shak’s media” reklama agentligi asoschisi Muhammad Ali Shokirov, “Busieness Navigator Consulting” kompaniyasi asoschisi Aziz Gapparov, “PRO Marketing” kompaniyasi asoschisi Baxtiyor To‘xtayev, “Master Expert Partners” bosh hamkori Bahodirxon Fozilxo‘jayev, “MA’NO Branding” reklama agentligi hammuassisi Temur Sa’diy va boshqalar binesda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

- Bugun yurtimizda tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziquvchilar soni ortib borayotgani quvonarli hol, - dedi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov. – O‘z navbatida, muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkorlar ko‘payayotganidan manfaatdormiz. Partiyamiz bundan keyin ham barcha sohada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirishda davom etadi.

Tadbirda malakali ekspertlar, marketing sohasida katta natijalarga erishgan tadbirkorlar innovatsion g‘oyalar haqida yosh tadbirkorlarga qimmatli maslahatlar berishdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi axborot xizmati.