Samarqandda "naushnik" taqib, yo‘ldan o‘tayotgan velosipedchini "Kaptiva" urib yubordi

21 may kuni soat 19:05 larda Samarqand viloyati Samarqand shahri, Rumiy ko‘chasi 6-uy qarshisida haydovchi - 1971 yilda tug‘ilgan A.V. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan qulog‘iga quloqchin taqqan holatda velosiped boshqarib o‘tayotgan, 1985 yilda tug‘ilgan N.Ya.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda velosipedchi 35 yoshli N.Ya. (erkak) olgan tan jaroxatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.